Sheremetyevoda samolyot yonayotgan vaqtda xo-xolab kulganlar qattiq jazolanadi

Sukhoi Superjet 100 samolyoti aviahalokati yakshanba kuni kechqurun yuz berdi. "Aeroflot" aviakompaniyasi layneri Moskvadan Murmanskka tomon yo‘l olgan bo‘lgan. Parvozning yigirma sakkizinchi daqiqasidan so‘ng ekipaj poytaxt aeroportiga shoshilinch ravishda qaytishga qaror qilgan
Sputnik

TOShKENT, 7-may - Sputnik. Sheremetyevoda yonayotgan SSJ-100 ustidan kulganlar aks ettirilgan video bo‘yicha izoh berildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Sheremetyevodagi fojia – aviahalokat asosiy versiyalari ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Aeroflot"ning Sukhoi Superjet 100 samolyoti halokatidan so‘ng mansabdor shaxslar tomonidan haqoratli gaplar aytilgan videoyozuv paydo bo‘lgach, Sheremetyevo administratsiyasi xizmat tekshiruvini o‘tkazdi, deb xabar qildi aviagavan matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, kadrlardagi tasvirlarga ko‘ra, xodimlar aeroport xizmat hududida yonayotgan laynerning avariya vaqtidagi qo‘nishini telefonga suratga olganlar, kulganlar va haqoratli so‘zlar aytganlar.

Bayonotda shuningdek, aeroport va aviakompaniya xodimlari ushbu videoda yo‘qligi aytib o‘tilgan.

Sheremetyevoda samolyot yonib ketdi - video

O‘z navbatida, Sheremetyevo rahbariyati bu odamlarga nisbatan o‘ta qattiq choralar ko‘rilishini talab qilgan.

Sukhoi Superjet 100 samolyoti aviahalokati yakshanba kuni kechqurun yuz berdi. "Aeroflot" aviakompaniyasi layneri Moskvadan Murmanskka tomon yo‘l olgan bo‘lgan. Parvozning yigirma sakkizinchi daqiqasidan so‘ng ekipaj poytaxt aeroportiga shoshilinch ravishda qaytishga qaror qilgan.

Samolyot faqat ikkinchi urinishdan so‘ng qo‘na olgan. Qattiq qo‘nish oqibatida samolyotning shassi stoykalari sinib ketgan va dvigatellarda alanga paydo bo‘lgan. Keyin olov samolyotning dum qismiga yoyilgan.

41 kishi halok bo‘lgan. 33 yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zolari omon qolgan.