Lavrov CNN jurnalistiga keskin javob qaytardi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Venesuelada sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida savol bergan CNN telekanali jurnalistini tartibga chaqirib qo‘ydi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Venesuelada sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida savol bergan CNN telekanali jurnalistini tartibga chaqirib qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Lavrov "Chegara bilmas reportorlar"ning navbatdagi tashabbusini tanqid qildi

CNN telekanali jurnalisti Lavrovdan Rossiyaning “AQShning Venesuelaga kuch bilan bostirib kirishini” to‘xtatib qolish uchun biror imkoniyatlari bor-yo‘qligi haqida so‘radi.

“Ba’zilar kompaniyangizni “feyk nyuz” deb ataydi, biroq siz hozir “feyk savol” berapsiz”, - dedi Rossiya TIV vaziri.

Lavrov o‘zining bu so‘zlari bilan AQSh prezidenti Donald Trampning telekanalni ishonchsiz xabarlarni tarqatishda ayblab yozgan ko‘plab tvitlari haqida eslatib o‘tdi.