IIV boshqaruvidagi muassasalarda autsorsing tizimi joriy etiladi

IIVning harbiy qismlarida, ta’lim muassasalarida, vaqtincha saqlash hibsxonalari va davolash muassasalarida ovqat tayyorlash uchun autsorsing tizimi joriy etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 7-may – Sputnik. Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Milliy gvardiya xodimlarining ovqatlanishi qanday tashkil etiladi

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlari tizimida taomlar turlari xilma-xillashtiriladi va ovqat tayyorlash sifati yaxshilanadi.

IIVning harbiy qismlarida, ta’lim muassasalarida, vaqtincha saqlash hibsxonalari va davolash muassasalarida ovqat tayyorlash uchun autsorsing tizimi joriy etiladi.

Autsorserga ovqatlanishni tashkil qilish uchun oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebellari nol stavkada ijaraga beriladi.

Ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan mahsulotlar sanitariya va gigiyena qoidalariga hamda boshqa normativ talablarga mos bo‘lishi lozim.

Autsorsing tizimiga o‘tish munosabati bilan tejalgan mablag‘lar tizimning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi.