Sheremetyevodagi fojia – aviahalokat asosiy versiyalari ma’lum qilindi

Aviahalokat 5-may kuni sodir bo‘ldi, unda 41 kishi halok bo‘ldi. 33 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zolari omon qoldi.
Sputnik

TOShKENT, 6-may – Sputnik. Tergovchilar Sheremetyevo aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokatning bir nechta versiyasini ko‘rib chiqishmoqda. Bu haqda RIA Novosti Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoga asosan xabar qildi.

Asosiylari – pilot, dispecherlar va samolyotni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan ishchilarning malakasi yetishmasligi;  havo kemasining nosozligi hamda yomon ob-havo sharoitlari.

Ta’kidlanishicha, Tergov qo‘mitasi raisi Aleksand Bastrikin Sheremetyevo aeroportida tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.

Yakshanba kuni kechqurun Moskva-Murmansk yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan Sukhoi Superjet100 samolyoti halokatga uchradi.Parvozning 28 daqiqasidan so‘ng ekipaj aeroportga favqulodda qaytishga qaror qildi.

Yomon ob-havo tufayli samolyot ikkinchi urinishdan so‘ng yerga qo‘nishga erishdi.

Keskin qo‘nish natijasida layner shassi stoykalari sinib ketib, dvigatellari yonib ketadi.

Keyinchalik yong‘in samolyotning qanot qismiga o‘tadi. Halokat oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi, 33 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zolari omon qoldi.

Sheremetyevo aeroportida "Aeroflot"ga qarashli samolyot yonib ketdi – video

Murmansk viloyati gubernatori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Andrey Chibis viloyatda uch kunlik motam e’lon qildi. Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga bir million rubl, jabrlanganlarga 500 ming rubl beriladi.

Fojiadan so‘ng Tergov qo‘mitasi jinoyat ishini qo‘zg‘atdi. Bosh vazir Dmitriy Medvedev tergov o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasini tuzish to‘g‘risida topshiriq berdi.

Rossiya transport nazorati davlat idorasi “Aeroflot”, Sheremetyevo aeroporti hamda havo harakatini tashkil qilish bo‘yicha davlat korporatsiyasini rejadan tashqari tekshiruvdan o‘tkazadi.