Poroshenko so‘roq uchun prokuraturaga chaqirtirildi - OAV

Potr Poroshenko Maydan ishtirokchilariga qarshi jinoyat ishi yuzasidan so‘roq qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 6-may – Sputnik. Ukraina Bosh prokuraturasi Ukraina prezidenti Potr Poroshenkoni “yevromaydan” chog‘ida sodir etilgan qotilliklar bo‘yicha so‘roqqa chaqirdi.

Poroshenko sudga berildi

Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Poroshenko guvoh tariqasida so‘roqda qatnashadi. So‘roq ertaga, 7-may kuniga rejalashtirildi.

2016 yil noyabrda ushbu ish bo‘yicha Poroshenko guvoh sifatida so‘roq qilingandi.

Maydan (Mustaqillik maydon) - Kiyevning asosiy maydoni – Yevropa ittifoqi bilan bitim imzolash to‘xtatilishi haqida Nikolay Azarovning hukumat bayonotidan so‘ng  2013 yilda 21-noyabrda yevrointegratsiya tarafdorlari tomonidan bosib olingan.

Keyinchalik maydan huquq tartibot organ va radikallar to‘qnashuvlar maydoniga aylandi.

Ukrainaning yangi hukumati 100 dan ortiq kishining halok bo‘lishi uchun javobgarlikni Yanukovichga yuklatdi.

Yanukovich va “Berkut” xodimlari bu qotilliklarga aloqadorligini inkor etmoqda. Davlat to‘ntarishidan so‘ng “Berkut” tarqatib yuborildi.