TOShKENT, 6-may - Sputnik. Dunyoning eng ekstremal shaharlari birinchi uchligiga Rossiyaning Yakutsk, Oymakon va Verxoyansk shaharlari kiritildi. Bu haqda El Pais ma’lum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, Yakutsk eng ekstremal shahar, chunki bu yerda qishda havo harorati -40 darajagacha tushadi, yozda esa 30 darajagacha ko‘tariladi.
Oymakon — Yerdagi eng sovuq joy, qariyb yuz yil ilgari bu joyda 71,2 daraja sovuq havo harorati qayd etilgan.
Verxoyansk shahri ham o‘ziga xos iqlimi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi eng past havo harorati ba’zan -69,8 darajani, eng yuqorisi esa 37 darajani tashkil etishi mumkin.
Shuningdek, Peruning La-Rinkonada aholi punkti ekstremal shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. U dengiz sathidan 5 009 metr balandda joylashgan. Bu yerga kelish katta qiyinchiliklar tug‘dirishi reyting mualliflari tomonidan baholangan.
Meksikaning San-Luise-Rio-Kolora esa eng issiq shahar sifatida e’tirof qilingan. Ta’kidlanishicha, u yerda havo harorati 60 darajagacha ko‘tariladi.