Barcha musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi kirib keldi

Oltinchi may muborak Ramazon oyining ilk kunidir.
Sputnik

TOShKENT, 6-may - Sputnik. 2019-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 6-may kuniga to‘g‘ri keldi.

Bu oyni dunyoning barcha mo‘’min-musulmonlari ham o‘zgacha shukuh, xursandchilik va tilovat bilan o‘tkazishadi. Ezgulik va saxovat ila yordamga muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatiladi. 

Ramazon oyini munosib o‘tkazish to‘g‘risida prezident qarori e’lon qilindi

Ro‘zador musulmonning tilidan har xil keraksiz gaplar chiqmasligi, ro‘za tutgan kishi g‘iybat, chaqimchilik kabi ishlardan uzoq bo‘lishi, haqoratli gap-so‘zlarni gapirmasligi lozim. Shuningdek, o‘zga ro‘zadorlarni ham hurmat qilishi, ularga shirin so‘zlashi, mushkullarini oson qilib berishlari buyuriladi.

O‘zbekistonda Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti qarori e’lon qilindi.

Qaror "milliy va diniy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash, el-yurt uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, ushbu oyda islom dinining tinchlik, bag‘rikenglik, shukronalik kabi olijanob g‘oyalari hamda insonparvarlik mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida" qabul qilingan.

Toshkent IIBB haydovchilarni Ramazon oyida masjidlarga jamoat transportida kelishga chaqirdi