O‘zbek armiyasi o‘z qudratini namoyish qildi: Chirchiq poligonida "Titanlar jangi" o‘tkazildi

Sputnik

Tank biatloni "Chirchiq" umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasidagi maxsus maydonda o‘tkazildi.

Shakl va mazmun: o‘zbek armiyasi nega libosini yangilamoqda

Tantanali marosimni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib berdi va mazkur bellashuv harbiy xizmatchilar o‘rtasida musobaqadoshlik, o‘zaro jipslik va hamjihatlik muhitini shakllantirish, ularning kasbiy malaka va mahoratini yuksaltirishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi tadbir bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini O‘zbekistonning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlar muqaddas xotirasini yod etish kunlari arafasida, mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik qadr-qimmati, osudalikni saqlash, mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va hayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida kamol toptirish tadbirlari doirasida o‘tkazilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlandi. Tank biatloni ishtirokchilariga ulkan zafarlar tilandi.

Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra quyidagi jamolar g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi.

O‘zbek armiyasi tasarrufidagi AQSh zirhli texnikalarini ilk bor namoyish etdi

T-62 tank ekipajlari orasida: 1-o‘rin — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug; 2-o‘rin — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug; ·        3-o‘rin — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug.

T-64 (takomillashtirilgan) tank ekipajlari orasida: 1-o‘rin — Sharqiy-harbiy okrug ekipaji; 2-o‘rin — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti; 3-o‘rin — Sharqiy-harbiy okrug.

T-72 tank ekipajlari orasida: 1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi ekipaji; 2-o‘rin — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug; 3-o‘rin — Markaziy harbiy okrug.

G‘olib va sovrindor jamoalar mudofaa vaziri tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar, navbatdagi harbiy unvonlar hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan budjet yengil avtotransport vositalariga imtiyozli ravishda kredit olish huquqini qo‘lga kiritishdi.

1 / 16
9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab mamlakatimizda an’anaga aylanib borayotgan ikkinchi tank biatloni musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2 / 16
1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 100 ga yaqin Ikkinchi jahon urushi yillaridagi va bugungi qurollanishda turgan zamonaviy harbiy texnika va 15 dan ziyod vertolot ishtirokida bayramga bag‘ishlab parad o‘tkazildi.
3 / 16
V Chirchikskom poligone proshel tankoviy biatlon, priurochenniy k 9-maya.
4 / 16
1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 100 ga yaqin Ikkinchi jahon urushi yillaridagi va bugungi qurollanishda turgan zamonaviy harbiy texnika va 15 dan ziyod vertolot ishtirokida bayramga bag‘ishlab parad o‘tkazildi.
5 / 16
1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 100 ga yaqin Ikkinchi jahon urushi yillaridagi va bugungi qurollanishda turgan zamonaviy harbiy texnika va 15 dan ziyod vertolot ishtirokida bayramga bag‘ishlab parad o‘tkazildi.
6 / 16
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
7 / 16
Harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlarini 5 mingdan ziyod aholi kuzatib bordi. Ishtirokchilarning maroqli dam olishi uchun poligonda bayram sayli ham tashkil etildi.
8 / 16
Parad davomida desantchilar qariyb 2000 metr balandlikdan parashut yordamida sakradi. Mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar ilk bor “Malva aksioma” parashutidan foydalangan holda sakrashni amalga oshirdi.
9 / 16
Posle mitinga, proshel parad, gde bilo zadeystvovano bolee 1,5 tis. voyennoslujashix, okolo 100 yedinis voyennoy texniki vremen Vtoroy mirovoy voyni i imeyusheysya na voorujennii uzbekskoy armii segodnya. Pod opladismenti zriteley proletelii bolee 15 boyevix vertoletov.
10 / 16
Tadbirda namoyish etilgan harbiy texnikalar tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
11 / 16
Harbiy parad yakunlangach, tank biatloni musobaqasining so‘nggi bellashuvi boshlandi. T-62, T-64 va T-72 tanklari “Qudratli texnikalar jangi”ni o‘tkazishga mo‘ljallangan va xalqaro standartlarga mos bo‘lgan maxsus maydondan start oldi. Maxsus tank yo‘lagining umumiy uzunligi 4200 metr bo‘lib, xalqaro miqyosda o‘tkaziluvchi tank biatloni maydonlari talablariga javob beradi.
12 / 16
Musobaqalarni kuzatish uchun 3 qavatli 12 metr balandlikdagi minora, harbiy texnika va shaxsiy tarkibning paradini o‘tkazish uchun uzunligi 600 va eni 20 metrli saf maydoni mavjud.
13 / 16
Musobaqa ishtirokchilari sun’iy hovuz, minalashtirilgan va manyovr bajarish maydoni, tankka qarshi chuqur, qo‘rg‘on, eskarp (tankka qarshi devor), kolleyali ko‘prik maketi va boshqa to‘siqlardan iborat umumiy uzunligi 4200 metr bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.
14 / 16
Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra quyidagi jamolar g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi. T-62 tank ekipajlari orasida: 1-o‘rin — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug; 2-o‘rin — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug; 3-o‘rin — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug.
15 / 16
Tankoviy biatlon v Chirchikskom poligone, obshaya protajennost marshruta 4200 metrov.
16 / 16
G‘olib va sovrindor jamoalar mudofaa vaziri tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar, navbatdagi harbiy unvonlar hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan budjet yengil avtotransport vositalariga imtiyozli ravishda kredit olish huquqini qo‘lga kiritishdi.