Nyu-Yorkdagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik uch yashar bola halok bo‘ldi

Nyu-Yorkning Bruklin qismida 2-may kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘zbekistonlik uch yashar bola halok bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 5-may  — Sputnik. Nyu-Yorkning Bruklin qismida 2-may kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘zbekistonlik uch yashar bola — E.Sh. halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

TIV Rossiyada 3 yoshli O‘zbekiston fuqarosi derazadan yiqilib halok bo‘lganini tasdiqladi

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligidan ma’lum qilishlaricha, E.Sh. AQShga grin-kartaga ega bo‘lgan ota-onasi bilan birga kelgan edi.

“Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti YTHda halok bo‘lgan bolaning ota-onasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

TIVning qayd etishicha, AQShning 34 ta shtati (Aydaho, Ayova, Alyaska, Arizona, Vayoming, Vashington, Vermont, Virjiniya orollari, Viskonsin, Gavayi, Illinoys, Indiana, Kaliforniya, Kanzas, Konnektikut, Massachusets, Minnesota, Missuri, Michigan, Montana, Men, Nebraska, Nevada, Nyu-Gempshir, Nyu-Jersi, Nyu-York, Nyu-Meksiko, Ogayo, Oregon, Pensilvaniya, Rod-Aylend, Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota, Yuta), shuningdek, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerikada bo‘lgan o‘zbekistonliklar zarurat tug‘ilganda +1- 212 230-1341, 754-7403, 838-9812 telefon raqamlari ёки info@uzbekconsulny.org elektron pochta manzili orqali O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat qilishlari mumkin.