“Islom davlati”ning Markaziy Osiyo jangarilariga javobgar bo‘lgan boshliq yo‘q qilindi

Afg‘onistonda “Islom davlati” terrorchilik uyushmasining Afg‘oniston shimolida va Markaziy Osiyo jangarilariga rahbarlik qilgan shaxs yo‘q qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 5-may  — Sputnik. Afg‘on maxsus kuchlari “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasining Afg‘oniston shimolida va Markaziy Osiyo jangarilariga rahbarlik qilgan shaxsni yo‘q qilishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.    

Maxachkala aeroportida ikki nafar “Islom davlati” uyushmasi terrorchisi qo‘lga olindi

Operatsiya juma kuni kechasi amalga oshirildi. Jangarilar yetakchisi Mufti O‘zbek Afg‘oniston shimoliy qismida jangarilar faoliyatiga javobgar bo‘lgan. Shuningdek, teraktlarni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgan.

Bundan tashqari, u Markaziy Osiyoda jargarilarining ta’minoti va ularni moliyalashtirish ishlari bilan shug‘ullangan.  

Maxsus kuchlar Afg‘oniston shimoliy-sharqiy qismida Baglan provinsiyasida yana uch nafar jangarini yo‘q qilishdi.

Tezkor tadbir davomida qurol-yaroq va harbiy uskunalar aniqlangan.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot