Toshkentda avtobus bekatdagi ikki piyodani bosib ketdi

YTH oqibatida 14 yoshli qiz va 30—35 yoshlardagi ayol voqea joyida halok bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 4-may – Sputnik. 3-may kuni taxminan 14:30 da Toshkent halqa avtomobil yo‘liga birikkan ikkinchi darajali yo‘ldagi “Chinnibozor” jamoat transporti bekatida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.

Toshkentda 3 transport ishtirokidagi YTHda skuter haydovchisi halok bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, 147-raqamli yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz avtobusi haydovchisi yo‘lovchilarni tushirayotgan vaqtda hozircha aniqlanmagan sabablarga ko‘ra, avtobus o‘z-o‘zidan oldinga yurib ketgan va bekatda turgan ikki piyodani urib yuborgan. Taxminan 10 metrcha yurib, avtobus old o‘ng g‘ildiragi bilan beton novga kirib qolib to‘xtagan.

YTH oqibatida 14 yoshli qiz va 30—35 yoshlardagi ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Haydovchining 20-yillik tajribaga ega ekanligi aytilmoqda.

Chilonzor tuman IIB jinoyat ishi ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda, YTH sabablari o‘rganilmoqda.