Sakkiz tonna mineral o‘g‘it manziliga yetib bormadi

“Qarshi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro Q. J. boshqaruvidagi “ZIL 130” rusumli yuk avtomashinada 8 tonna sulfat ammoniy mineral o‘g‘itlari aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 4-may – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati og‘irligi yuk mashinada 8 tonna sulfat ammoniy mineral o‘g‘itlari topilgani haqida xabar qildi. 

Urganch aeroportida “valyuta operatsiyasi” chippakka chiqdi

Xabarda aytilishicha, tadbir davomida “Qarshi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro Q. J. boshqaruvidagi “ZIL 130” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yuk xonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 160 dona polietilen qoplarda joylashtirilgan jami og‘irligi 8 tonna bo‘lgan sulfat ammoniy mineral o‘g‘itlari noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.