Rossiya TIV rahbari va Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlari yagona pozitsiyani bildirdilar va amaldagi tizimga yengillik berilishiga yo‘l qo‘ymadilar.
"Ayrim davlatlar yengil narkotiklarni legallashtirish zarurati haqida tobora ko‘p ta’kidlashmoqda, umuman ular amaldagi tizimni qayta ko‘rib chiqish tarafdori ekanliklarini bildirishmoqda. Lekin men hamkasblarimdan yaqinda bo‘lib o‘tgan BMTning xalqaro sessiyasida bizning pozitsiyamizni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorman. Biz har qanday turdagi narkotikdan ozod dunyo tarafdorimiz", - deb qayd etdi Lavrov.
Rossiya TIV yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, jahondagi bu yovuzlikka samarali qarshi kurashish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa davlatlar o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro tashkilotlar, xususan ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, ODKB va boshqa birlashmalarda yaqindan hamkorlik qilishlari lozim.