TOShKENT, 2-may - Sputnik. Toshkentlik erkak mast holatda o‘z qizini pichoqladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
"2019 yil 30-aprel kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi T.X. mast holda uyida oilaviy janjal tufayli qizi S.U.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan", - deyiladi xabarda.
Natijada qiz kasalxonaga yotqizilgan, ota esa ushlangan.
Qizning ahvoli qandayligi haqida axborot berilmagan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston IIV O‘zbekistonda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli sodir bo‘lgan qotilliklar soni: 2017-yilda 106ta bo‘lib, 2018-yilda 86tani tashkil qilgani haqida xabar bergan edi.