Samarqandda firibgar fuqaroni 49 ming dollarga chuv tushirdi

Firibgar tanishiga birgalikda zargarlik buyumlarini sotish bilan shug‘ullanish taklif qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 1-may – Sputnik. Samarqand shaharida fuqaroni 49 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi. 

O‘zganing do‘konini sotib, mo‘maygina pul ishlab olgan uddaburon firibgar qo‘lga tushdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha,  R.Uzoqov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro tanishiga birgalikda zargarlik buyumlarini sotish bilan shug‘ullanish taklif qilgan.

Qayd etilishicha, 2017-yil dekabr oyidan 2018-yil iyul oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida undan jami 49 000 AQSh dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Xabarda firibgar qo‘lga olingani ma’lum qilingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.