“Islom davlati” rahbari so‘nggi besh yil ichida birinchi marta ko‘rinish berdi - video

Ijtimoiy tarmoqlarda Islom davlati” rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiy aks etgan videoyozuv paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 30 apr – Sputnik. Oxirgi besh yil ichida birinchi marta “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiy aks etgan videoyozuv paydo bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Reyter agentligiga asosan xabar qildi.

“Islom davlati” qayerda qayta tiklanishi mumkinligi ma’lum qilindi

Al-Araby al-Jadeed gazetasi mart oyi yakunida Iroq xavfsizlik organlariga asosan Al-Bag‘dodiy soqolini boshqa ranga bo‘yagani, ancha semirgani va Suriyadan Iroqqa qochishga urinayotgani haqida xabar bergandi.

Video reolik qachon va qayerda olingan aytilmagan.

Al-Bag‘dodiyga o‘xshagan kishi, u pastki qismi qizg‘ish rangga bo‘yagan soqol qo‘ygan. Boshqa video ishtirokchilari bilan suhbat chog‘ida u “ID”ning nazoratida qolgan so‘nggi hudud - Suriyaning Baguz shahri mag‘lubiyatga uchraganini tan oladi.

AQSh ittifoq kuchlari Baguz ustidan bir oy oldin nazorat o‘rnatilganini rasman e’lon qilgandi.   

So‘nggi yillarda Al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani haqida bir necha marta xabarlar paydo bo‘lgan, biroq bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan edi.

2018 yil avgust oyida al-Sumaria telekanali Iroq razvedkasidagi manbaga asoslanib, Al-Bag‘dodiy og‘ir jarohat olgandan so‘ng falaj bo‘lib qolgan va terrorchilik uyushmani boshqarmayotgani haqida xabar bergandi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.