Jurnalist so‘zlari Margarita Simonyan hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda – advokat

Xorijiy matbuot vakili kavkazlik erkaklarni Margarita Simonyanga qarshi harakat qilishga da’vat qildi.
Sputnik

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. "Radio Svoboda" reportori Ramazana Alpautning kavkazlik erkaklarga yo‘llagan chaqirig‘i “Rossiya Segodnya” bosh redaktori Margarita Simonyan hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda, deb hisoblaydi advokat Shota Gorgadze, RIA Novosti xabariga asosan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Simonyan o‘zining Telegram-kanalida Donbassliklarga Rossiya fuqaroligini berishni oqlab chiqqan edi. O‘z postida Simonyan, jumladan, “aks holda 2040-yilda Rossiya musulmon davlatiga aylanishi mumkin” degan edi.

Ukrainaning barcha fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda Rossiya fuqaroligi berilishi mumkin

Bunga javoban Feysbukda Ramazan Alpaut ismli foydalanuvchi  “Kavkazlik erkaklar, sizlar Simonyanni kechirim so‘rashga majburlashingiz kerak” degan da’vat bilan chiqqan. Keyin ma’lum bo‘lishicha Ramazan Alpaut  AQSh Kongressi tomonidan moliyalashtirilotgan, "Radio Svoboda"ga taaluqli bo‘lgan tashkilot jurnalisti bo‘lib chiqqan.

Yuqoridagi so‘zlarni Simonyan o‘z shaxsiy fikri sifatida ifoda etgan. Aslida u islom dinining dushmani emas. U Rossiya ko‘p millatli ko‘p dinli dunyoviy mamlkat bo‘lib qolishini istaydi, deyilgan xabarda. 

Alpautning so‘zlarini tahlil qilib chiqqan advokat Gorgadze uning so‘zlarida po‘pisa va Simonyan hayoti uchun xavf borligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga u ushbu so‘zlarni shaxsiy fikr, erkinlik va demokratiyani targ‘ib qiluvchi radio xodimi tomonidan aytilgani uni yanada taajubga solmoqda.