Rossiyadan ayrim davlatlarga pul o‘tkazmalar miqdori cheklandi

Yangi choralar moliya sohasida amalga oshirilayotgan tovlamachiliklarning oldini olishga qaratilgan.
Sputnik

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Rossiyada ishlayotgan bir necha yirik pul o‘tkazish tizimlari bir qator Osiyo mamlakatlariga jo‘natilayotgan pullar miqdorini chekladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiyadan eng ko‘p pul o‘tkazmalari O‘zbekistonga jo‘natilgan

Western Union ushbu choralar moliya sohasida amalga oshirilayotgan tovlamachiliklarning oldini olishga qaratilganini xabar qildi. Yangi tartibga ko‘ra, Western Union orqali 30 kunda 100 ming rubl o‘tkazish mumkin.

“Zolotaya Korona” tizimi orqali Qozog‘istonga bir oyda 150 ming o‘tkazish mumkin,  Qirg‘izistonga – 100 ming, Xitoy va Vyetnamga – 1,5 ming dollar.

Contact  tizimi esa o‘tkazmalar miqdorini Qozog‘iston va Qirg‘izistonga - 600 ming rubl yoki 20 ming dolla/yevro miqdorida, Xitoyga - 100 ming rubl miqdorida chekladi.

Qizig‘i shundaki, Rossiyadan eng ko‘p pul o‘tkazayotgan mamlakat – O‘zbekiston borasida hech kim cheklov kiritmagan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda Rosiyadan pul o‘tkazmalari hajmi 4,1 milliarda dollarga teng bo‘lgan edi.