Putin Zelenskiyga maslahat berdi

Putin Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyga mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish borasida maslahat berdi.
Sputnik

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti saylovlarida g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiyga inson huquqlarini himoya qilish borasida maslahat berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Vladimir Putin Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyga mamlakatda inson huquqlarini himoya qilishni gruzinlar, xususan, Mixail Saakashvilidan boshlashni maslahat bergan.

Poroshenko siyosati to‘liq barbod bo‘ldi – Putin

“Masalan, o‘tmishda gruzin bo‘lgan, bugun esa o‘zini ukrain deb hisoblayotgan kishiga Ukraina pasportini qaytarish berish adolatli bo‘lgan bo‘lardi. Men Mixail Nikolayevich Saakashvilini nazarda tutapman», - dedi Putin jurnalistlarga.

Putin Saakashvili “ko‘plab Ukraina fuqarolari kabi noqonuniy ravishda fuqaroligidan mahrum etilib, mamlakatdan chiqarib yuborilgani va uni qaytarib, poymol bo‘lgan xaq-huquqlarini tiklash kerak” ekanligini eslatdi.

Gruziya sobiq rahbari va Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili 2017-yili amaldagi prezident Potr Poroshenko tashabbusi bilan Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingan. Shuningdek, sobiq Odessa gubernatoriga 2021-yilgacha mamlakatga kirish taqiqlangan.