Toshkentda ikki kun davomida ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Toshkentda velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati qisman cheklanadi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr  — Sputnik. 27-28 aprel kunlari Toshkentda velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatining asosiy musobaqalari o‘tkaziladi.  

Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan qator ko‘chalarda transport vositalari uchun harakatlanish qisman cheklanadi.

Xususan, soat 11:00 dan 13:00 gacha Amir Temur, Alisher Navoiy, Sharof Rashidov, Afrosiyob, Nukus, Abdulla Qodiriy, Maxtumquli va Ohangaron shossesi ko‘chalarida harakatlanish qisman cheklanishi mumkin.

Toshkentda ikki kun davomida ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi