TIV Qozog‘istonda o‘g‘irlab ketilgan o‘zbekistonlik haqidagi xabar yuzasidan bayonot berdi

Ushbu vaziyat bo‘yicha O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi hodisani aniqlashtirish uchun zaruriy choralar ko‘rmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr  — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonda o‘g‘irlab ketilgan O‘zbekiston fuqarosi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

Irkutskda o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab ketib, uni evaziga mashina va 50 ta qo‘y talab qilishdi

Xabarda yozilishicha, 2019-yilning 25-aprel kuni Qozog‘istonning Atirau viloyati politsiya departamentining Ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi ma’lumotiga tayanib OAVda Atirau shahrining huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan bir guruh shaxslar qo‘lga olingani haqidagi xabar tarqaldi. 

Ushbu guruh 16-aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi S.Y.ni o‘g‘irlagani va uning do‘sti O‘zbekiston fuqarosidan 300 ming tenge miqdoridagi pul olgani aytilmoqda. 

Konsullik-huquqiy departamenti ushbu vaziyat bo‘yicha O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi hodisani aniqlashtirish uchun zaruriy choralar ko‘rayotganligini ma’lum qildi.