Sovuq suvning narxi keyinroq ko‘tariladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sovuq suvning yangi narxi 10-mayidan amalga kiritilishi lozimligi to‘g‘risida "Suvsoz”ga ko‘rsatma berdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr  — Sputnik. O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sovuq suv yangi narxi 2019-yilning 10-mayidan amalga kiritilishi lozimligi to‘g‘risida “Suvsoz” DUKga ko‘rsatma berdi.

Kecha narxi oshirildi, bugun to‘lang: sovuq suv uchun yangi tarif

Buning sababi “Suvsoz” DUK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga amal qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 24-apreldan sovuq suv narxi oshirilishi haqida xabar 25-aprel kuni paydo bo‘ldi.

““Suvsoz” DUK tomonidan Toshkent shahrida ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmati tariflariga maxsus ustama haq miqdorini belgilash bo‘yicha www.suvsoz.uz veb-sayt orqali 2019-yilning 25-aprelida iste’molchilarga e’lon berilganligini inobatga olib, amalga kiritiladigan yangi narx (tarif, maxsus ustama)larni mazkur e’lon berilgan sanadan o‘n besh kundan keyin, ya’ni 2019 yining 10-mayidan amalga kiritilishi lozimligi to‘g‘risida Qo‘mita tomondan “Suvsoz” DUKga tegishli ko‘rsatma berilganligi ma’lum qilinadi,” - deyilgan qo‘mita xabarida.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori talablarida yangi narx (tarif)lar tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ular kuchga kirishidan kamida o‘n besh kun avval ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi belgilangan.

Sovuq va issiq suv sarfini hisoblash priborlari xatlovdan o‘tkaziladi – hukumat qarori

“Suvsoz” DUK tomonidan maxsus ustama narxlari yuzasidan ommaviy axborot vositalarida e’lon berilmay, “Toshkent oqshomi” gazetasining  2019-yil 9-apreldagi 57-sonida Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2019-yil 2-apreldagi “Toshkent shahrida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdorini belgilash to‘g‘risida”gi 499-sonli qarori chop etilganligi korxona tomonidan e’lon berilgan deb hisoblanilgan.

Bu bilan korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi talablariga amal qilinmagan.

Agar “Suvsoz” DUK tomonidan bajarilmagan taqdirda korxonaga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar qo‘llaniladi.