TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Yekaterinburglik politsiya xodimi, praporshik Anna Xramsova birinchi “Rosgvardiya go‘zali” foto-tanlovining g‘olibi bo‘ldi.
Xramsovaga 57 mingdan ortiq kishi ovoz berdi.
Tanlovda jami Rossiyanig barcha viloyatlarida Rosgvardiyada xizmat qiluvchi mingdan ortiq ayol xodimlari qatnashdi.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi: dastlab ishtirokchilar xizmat faoliyati va erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berishlari talab etilgan. Keyin esa ishtirokchilar qiziqishlarini aks etuvchi foto-suratlarni taqdim etishi zarur bo‘lgan.
Suratlar tanlanib, Rosgvardiya rasmiy saytida joylashtirildi. Bir oy davomida onlayn tarzda ovoz berishga qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodim va 12 nafar final qatnashchining foto suratlari Rosgvardiyaning 2020-yil kalendarida chop etiladi.