Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik velosportchi Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Velosportchi Olga Zabelinskaya Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi

Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, bugun Toshkentda davom etayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida navbatdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ayollar 112.8 kilometr masofaga kechgan poygada o‘zaro bahs olib borishdi.

Mazkur yo‘nalish g‘olibga qit’a chempoinligi bilan birga Tokio Olimpiadasining ham yo‘llanmasini berilishi ko‘zda tutilgan.

Poyga o‘zbekistonlik Olga Zabelinskayaning g‘alabasi bilan yakunlandi va shu bilan birga O‘zbekiston terma jamoa a’zosi Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Zabelinskaya masofani 3 soat, 9 daqiqayu 5 soniyada bosib o‘tdi.