Zelenskiy dam olish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi

Ukraina prezidenti saylovlarida g‘olib bo‘lgan Vladimir Zelenskiy Turkiyaga ketgani ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr – Sputnik. Ukraina prezidenti saylovlarida g‘olib bo‘lgan Vladimir Zelenskiy Facebook o‘zining sahifasida Turkiyaga ketishi haqida ma’lum qildi.

Vladimir Zelenskiy haqida: shaxsiy hayoti, mol-mulki va saylov oldi va’dalari

Zelenskiy o‘z postida to‘rt oy davomida dam olish kunlari bo‘lmagani, nihoyat oilasi bilan hordiq uchun vaqt topilganini yozgan.

Biroq Zelenskiy uchun bunday “ta’til” atigi ikki kun bo‘ladi, undan keyin u Ukrainaga qaytadi.

“Ochiq bo‘lishga kelishgandik. Turkiyaga ketmoqdamiz. Bolalarni har yili o‘tkaziladigan festivalga olib bormoqdaman. <...> Hammaga iliqlik, sog‘liq va yaxshi hordiq tilayman”, - deb yozgan Zelenskiy.

Vladimir Zelenskiy 21-aprel kuni o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi.

Zelenskiy saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.

Markaziy saylov qo‘mitasi ham, saylov davomida hech qanday jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmaganini xabar qildi. 

Markaziy saylov qo‘mitasi 1-mayga qadar Ukrainada prezident saylovi natijalarini rasman belgilashi va 3 kun ichida ularni ommaga e’lon qilishi kerak. Demak, Zelenskiyning inauguratsiya marosimi 3-iyunga qadar bo‘lib o‘tishi mumkin.