Uch xonalik uy olib berishni va’da qilgan korxona rahbari va uning sherigi qo‘lga olindi

Bama Biznes korxonasi rahbari va uning sherigi qurilayotgan yangi uylardan uch xonaligini olib berishni aytib, aldov yo‘li bilan ayoldan Sergelida 12000 dollar olishgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkent shahrida uy olib berishni va’da qilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura: departamentning soxta xodimlari qo‘lga tushdi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqamasining xabar qilishicha, 2018-yil oktabr oyida Bama Biznes korxonasi rahbari va qashqadaryolik fuqaro  Yashnobod tumanida yashovchi ayolga Bama Biznes MChJ tomonidan qurilayotgan yangi uylardan uch xonaligini olib berishliklarini aytib, aldov yo‘li bilan ayoldan Sergeli dahasi hududida 12000 dollar olishgan.

Biroq shu kunga qadar va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganlar.

“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.E. va J.X.lar ushlangan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.