“Tatneft” O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi Nurafshonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi Nurafshonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.

“Direktorlar kengashi Nurafshon shahrida (Toshkent viloyatning ma’muriy markazi) ochilishi rejalashtirilayotgan “Tatneft”ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi”, - deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Tatneft” O‘zbekistonda AYoQSh tarmog‘ini qurishni rejalashtirmoqda

Avvalroq mahalliy ommaviy axborot vositalari "Tatneft" kompaniyasi O‘zbekistonda bahor oyida AYoQSh tarmog‘ini qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgan edi. Birinchi bosqichda  Toshkent viloyatida 22 ta yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalari qurilishi rejalashtirilgan. “Tatneft” Rossiyaning O‘zbekistondagi avtomobil yoqilg‘isini chakana sotuvchi uchinchi kompaniyasiga aylanishini mumkin.

“Tatneft” - Rossiya neft kompaniyasi hisoblanadi va 1950-yilda tashkil topgan. Kompaniya shtab-kvartirasi Almetyevsk  shahrida (Tatariston) joylashgan. Rossiyada neft qazib olish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi.