Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Rossiya TIV rahbari mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston TIV vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashadi.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif 2-3 may kunlari  amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifing chog‘ida ma’lum qildi.

Rossiya o‘z chegarasi atrofida "yaxshi qo‘shnichilik kamarini" kuchaytiradi, dedi Lavrov

Sergey Lavrov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashadi.

Tomonlar Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan keng ko‘lamli kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini tahlil qilishadi.

Shuningdek, tashrif chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, mintaqaviy va xalqaro masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat va ushbu vaziyatni tartibga solish masalalari ko‘rib chiqiladi.