Kecha narxi oshirildi, bugun to‘lang: sovuq suv uchun yangi tarif

Toshkentda 24-apreldan e’tiboran sovuq suvning narxi oshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 26 apr – Sputnik. Toshkentda 24-apreldan sovuq suv tariflari oshdi. Yangi narxlar poytaxt hokimiyati tomonidan 2-aprel kuni tasdiqlandi. Bu haqda “Suvsoz” korxonasi xabar qildi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, yangi tariflar haqidagi qaror kuchga kirgan bo‘lsa-da, narx oshirilgani haqidagi xabarlar 25-aprel kuni ma’lum qilingan.

Markazlashgan issiq suv ta’minotiga ega ko‘p qavatli uylarda 1 metr kub narxi endi 1050 so‘mni (hozirda — 850 so‘m), markazlashgan issiq suv ta’minotisiz — 715 so‘mni (hozirda — 615 so‘m) tashkil etadi.

Sovuq va issiq suv sarfini hisoblash priborlari xatlovdan o‘tkaziladi – hukumat qarori

Sovuq suvga umumiy stavkada hisoblagichsiz to‘layotganlarni jiddiy o‘zgarishlarni kutmoqda. Ular uchun 24-apreldan 1-mayga qadar ikki marta narx ko‘tariladi.

Ichki vodoprovod, rakovina, unitaz, vanna yoki mahalliy suv isitish uskunalariga ega dush bo‘lgan kanalizatsiyalangan uylarda bir kishiga hisoblagichsiz to‘laganda tarif aprel oyida 8933,22 so‘mdan 9083,15 so‘mga oshirildi, maydan esa 10116,43 so‘mni tashkil etadi.

Kanalizatsiya va markazlashtirilgan issiq suv bilan ta’minlangan uy-joylar va umumiy turar joylarda aprel oyida bir kishi uchun suv ta’minoti 10263 so‘mni (avvalgi — 9937,13), may oyida esa 11944,63 so‘mni tashkil etadi.