TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Qozon shahrida XI-chi “Rossiya – Islom dunyosi” xalqaro sammiti o‘tkazildi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi.
Rossiya yetakchisi o‘z nutqida, musulmon davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar tizimini yanada adolatli va o‘zaro manfaatli qilish juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
“Xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimini qanday yanada adolatli va o‘zaro manfaatli qilish, buyruqbozlik va adolatsiz raqobatdan xoli qilish haqida o‘ylab ko‘rish kerak”, - dedi Rossiya prezidenti.
Putin sammitda ishtirok etuvchi davlatlar o‘rtasida savdo-investitsion va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ko‘plab dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish borasida o‘z fikrlarini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, “Qozon Ekspo” ko‘rgazma markazida “Rossiya- Islom dunyosi: KazanSummit” xalqaro iqtisodiy sammit doirasida Rossiyada eng yirik halol sanoati Russia Halal Expo 2019 xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.