Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat ishida muvaffaqiyat, do‘st Ukraina xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Vladimir Zelenskiy haqida: shaxsiy hayoti, mol-mulki va saylov oldi va’dalari

“Aminmanki, an’anaviy do‘stlikka, ikki tomon uchun foydali hamkorlikka hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada izchil rivojlanadi”, – deyiladi prezident maktubida.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat ishida muvaffaqiyat, do‘st Ukraina xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan.

Vladimir Zelenskiy 21-aprel kuni o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi.

Zelenskiy saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.