O‘zbekistonda 90% ota-onalar vaksinatsiya tarafdori

O‘zbekistonda 24-30 aprel kunlari “Vaksinalar ishlaydi” shiori ostida umumjahon emlash haftaligi o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. O‘zbekistonda bolalarni emlashni ota-onalarning 92 % qo‘llab quvvatlaydi, dedi jurnalistlarga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi raisi o‘rinbosari Dilorom Tursunova.

“Ayni damda O‘zbekistonda 92 % ota-onalar bolalarni emlash kerak deb hisoblaydi. Qolgan ota-onalarning 8% - vaksinalashga qarshi, ulardan 2% emlashga qarshi faol chiqishlar qilmoqda”, - deyilgan xabarda.  

Tursunova aytishiga ko‘ra, o‘z vaqtida vaksinalashni o‘tkazmagan ota-onalar bolalarning kasalliklar oldida zaif bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Yangi vaksina O‘zbekistonning emlash dasturiga kiritildi

“Bolalarni himoya qilishning eng yaxshi uslubi ularni milliy emlash kalendariga muvofiq vaksinatsiya qilishdir”, - dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda milliy emlash kalendariga 13ta kasalliklarga qarshi ishlab chiqilgan 10ta vaksinalar kiritilgan. Xususan, bolalarda oldini olish mumkin bo‘lgan eng ommaviy poliomiyelit, difteriya, ko‘kyo‘tal (koklyush), qizamiq (kor), kokshol (stolbnyak) kasalliklariga qarshi vaksinalash 60 %dan 99 %gacha oshdi.

Shuningdek, Tursunova ushbu yilning oktabr oyida qiz bolalarni odam papillomasi virusiga qarshi vaksinatsiya qilish boshlanishini xabar qildi.

Aytish joizki bugungi kunda O‘zbekistonda vaksinalar ishlab chiqarilmaydi. Barcha vaksinalar import qilinadi.