Taniqli yapon aktrisasi O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi

Maeda Atsuko — taniqli yapon aktrisasi va xonandasi. 2005-2012 yillarda «AKB48» guruh tarkibida faoliyat olib borgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Taniqli yapon aktrisasi Maeda Atsuko (前田敦子) O‘zbekistonning Yaponiyadagi faxriy turizm elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar qildi.

Aktrisaga «O‘zbekiston turizm elchisi» sertifikatini topshirish marosimi 23-aprel kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi.

Mashhur hind dizayneri O‘zbekistonning Hindistondagi turizm elchisi etib tayinlandi

“Yaponiyalik yetakchi OAV mazkur voqeani keng yoritishmoqda. Bu esa o‘z navbatida yaponiyalik potensial sayyohlar uchun O‘zbekiston brendini turistik yo‘nalishlardan biri sifatida tanitishga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.

Maeda Atsuko — taniqli yapon aktrisasi va xonandasi. 2005-2012 yillarda «AKB48» guruh tarkibida faoliyat olib borgan, hozirgi vaqtda yakkaxon tarzda ijod qiladi. Maeda ilk bora kinoda 2007-yil rejisor Ichikavi Junning «O‘zlikni topish» filmida suratga tushadi. U 2001-yilda suratga olingan «Mislsiz jannat» serialidagi Asiya Midzuki roli orqali mashhurlikka erishdi.

Yuriy Stoyanov O‘zbekistonning Rossiyadagi turistik brendi elchisi etib tayinlandi

Eslatib o‘tamiz, taniqli hind dizayneri, shaxsiy brend asoschisi Ritu Beri O‘zbekistonning Hindistondagi madaniyat turizmi elchisi etib tayinlangan edi. Shuningdek, Rossiya xalq artisti, aktor, rejissor Yuriy Stoyanov O‘zbekistonning Rossiyadagi turistik brendi elchisi etib tayinlangan.