Shri-Lankadagi qonli teraktlar ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi

Shri-Lankada katoliklarning Pasxa bayrami marosimida qator portlashlar sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 321 kishi halok bo‘lgan, 520 kishi jarohatlangan.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. “Islom davlati” Shri-Lankadagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda RIA Novosti Reyter agentligiga tayanib xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti oroldagi hujumlarga aloqadorligi haqidagi dalillarni taqdim etmagan.

Shri-Lankada teraktlardan so‘ng 40 kishi qo‘lga olindi – OAV

21 aprel kuni Shri-Lankada katoliklarning Pasxa bayrami marosimida qator portlashlar sodir bo‘ldi. Birinchi oltita – Kolombo, Negombo, Battikaloa shaharlardagi cherkov va mehmonxonalarda, yettinchi orolning g‘arbida, sakkizinchi Kolomboning aholi turar majmuada sodir bo‘ldi.

Dushanba kuni Kolomboda yuk mashinasida yana bir bomba aniqlandi.

Saporlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 321 kishi halok bo‘lgan, 520 kishi jarohatlangan.

Mamlakat hukumati 23-aprel kunini motam kuni e’lon qildi.