Prezident yig‘ilishida uxlab qolgan qirg‘izistonlik rahbarlar videoga olindi

O‘shda 22-aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti ishtirokida birinchi telekommunikatsiya forumi o‘tkazildi.
Sputnik

Jalbirak-TV YouTube-kanalida Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov ishtirokida o‘tkazilgan tadbir videosi paydo bo‘ldi.

Videoda ayrim amaldorlar uxlab qolgani ko‘rinadi.

Biroq amaldorlar prezident nutqi vaqtida yoki boshqa vaqt uxlab qolgani noma’lum.

Tadbirda O‘sh, Batkent, Jalolobod viloyatlari davlat organlari rahbar va xodimlari, ishbilarmonlar, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari jami 500 ortiq kishi ishtirok etdi.