Poroshenko sudga berildi

Da’vogar prezidentni harakatsizlikda ayblab, moddiy zararni undirib berishni talab qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Kiyev shahar ma’muriy okrug sudi sudyasi Ukraina prezidenti Potr Poroshenkoga qarshi da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda RIA Novosti sud matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ukraina telekanali Poroshenkoni sudga beradi

Ism-sharifi oshkor etilmagan da’vogar sudyaning ma’lum qilishicha, davlat rahbari sudyani lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni chiqarmagan. Shunday qilib Poroshenko “Sudyalarni lavozimga tayinlash va sudyalar maqomi to‘g‘risida”gi qonunni buzgan. Da’vogar prezidentni harakatsizlikda ayblab, moddiy zararni undirib berishni talab qilmoqda.

Xabarda da’vo arizasi Oliy sudning kassatsiya ma’muriy sudida ko‘rib chiqilishi aytilgan.

21 aprel, yakshanba kuni Ukrainada prezident saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 99 foiz ovozlar hisob-kitobi natijasiga ko‘ra 73 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan Vladimir Zelenskiy prezidentlik poygasida yetakchilik qildi. Amaldagi prezident Potr Poroshenkoni 25 foizga yaqin saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan.