O‘zbekiston aholisi 2019-yilda qanchaga ko‘paydi?

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 159,5 mingta bola tirik tug‘ilganligi qayd etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019-yil 1-aprel holatiga 33 mln 375,8 ming kishini tashkil etib, 2019-yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4 foizga o‘sdi. Bu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasining hisobotida qayd etilgan.

O‘zbekiston aholisi 2019-yilda qanchaga ko‘paydi?

Jumladan, shahar aholisi soni 16 mln 865,1 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16 mln 510,7 ming kishini (49,5 %) tashkil etdi.

2019 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 159,5 mingta bola tirik tug‘ilganligi qayd etilgan.  Ulardan 82,3 ming nafari o‘g‘il bolalar, 77,2 ming nafari esa qiz bolalarni tashkil etadi. Shuningdek, mamlakatda 37,1 mingta vafot etganlar qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, FHDYo bo‘limlarida 53,7 mingta nikoh va 8 mingta ajralishlar ro‘yxatga olingan.

Avvalroq prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan prokuratura organlari tomonidan 2019 yilning dastlabki 3 oyidatergov qilingan jinoyat ishlari tahlil qilingani va respublika bo‘yicha 2019-yil 3 oyida 90 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgani haqida xabar qilingan edi.