Saida Mirziyoyevaga takliflar bildirildi

O‘zbekiston yoshlarining ravnaqiga qaratilgan prezident 5ta tashabbusini amalga oshirish bo‘ycha Saida Mirziyoyevaga takliflar bildirildi.
Sputnik

TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kecha 20-aprel kuni Bo‘ka tumaniga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumaniga tashrif buyurdi

Ushbu tashrif prezidentning 5ta tashabbusi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatish va ularda ishtirok etish maqsadida amalga oshirilgan edi. Tashrif so‘ngida Saida Mirziyoyeva Facebookda xabar yozib, uning so‘ngida “Bu borada o‘z taklif va mulohazalaringizni bersangiz”, - degan edi.

Shundan so‘ng, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosariga ko‘plab takliflar bildirildi. Quyida ushbu takliflardan eng dolzarblarini keltiramiz:

Dima Qayum: Maktablarni tabaqalashtirmay hammasiga bir hil sharoit qilish kerak. Qishloqlarga kutubxonalar zarur!

Maktab o‘quvchilarini nazorat qilish bo‘yicha elektron tizim joriy etiladi

Kamila Zaxidova: Maktablarga ikkichi, xuligan va beta’sir o‘quvchilarga, ota-onalarning o‘quv jarayoniga aralashishiga qarshi chora qo‘llash huquqi beringlar. Bo‘lmasa o‘quvchining yomon o‘qishi uchun o‘qituvchilar jazolanayapti. Shu sabab ko‘p o‘qituvchilar maktabdan ketishga majbur bo‘lishayapti. Ularning o‘rniga esa, “o‘tkinchi” o‘qituvchilar kelmoqda.

Ulug‘bek Odil: Maktablarda makulatura, temir-tersak yig‘ishni uzil-kesil bas qilish kerak. Olimpadalardagi korrupsiya (poraxo‘rlik, tanish bilishchilik va boshqa g‘irrom variantlar) ni yo‘q qilsa bo‘ladimi bizning asrda?

Botirjon Shermuhammad: Maktab programmasiga to‘g‘ri nafas olish, oratorlik sirlari kabi hayotda foyda beradigan kurslar kiritilishi kerak. Quruq yodlashni kamaytirib, taxliliy fikrlash ustida ishlash kerak.

Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi tizimini keskin tanqid qilib, muhim topshiriqlarni berdi

Ulugbek Xusainov: Saidaxon, siz Toshkentni emas, respublika buylab boshka viloyatlardagi kishlok maktablariga borib axvolni kuring. Ogohlantirishsiz borgan ma’qul, prezidentimiz borganda berkitib axvolni yashirib usti yaltirok obektlarnigina kursatishadi. Siz aksincha yemon axvoldagi karovsiz kolgan maktab va shu kabi muassasalarni kursating davlat raxbariga.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan 5ta tashabbus yoshlarni musiqa, rassomlik va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, jismoniy chiniqtirishga, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Undan tashqari yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashni nazarda tutadi.