TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Qozog‘istonda to‘rt nafar tojikistonlik chirigan kartoshkadan zaharlandi.
Sputnik Qozog‘iston xabar berishicha, baxtsiz hodisa 18-aprel kuni Akmolinsk viloyatida sodir bo‘ldi.
“To‘rt erkak, ularda biri 17 yoshli o‘smir Derjavinsk shahrida xususiy uylarning birining yerto‘lasiga tushishdi. Uch nafar erkak joyida, yigit esa shifoxonada vafot etdi”, - deyilgan xabarda.
Barcha halok bo‘lganlar Tojikiston fuqarolari ekani ma’lum bo‘ldi.