Rossiyada o‘zbekistonlik Bentley yutib oldi

Laziz rossiyalik bloger Mixail Litvin tomonidan kuzatuvchilari o‘rtasida tashkil etilgan chellenjda ishtirok etdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 apr - Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi Laziz Hoshimov Rossiyada Bentley avtomobilini yutib oldi.

Laziz rossiyalik bloger Mixail Litvin tomonidan kuzatuvchilari o‘rtasida tashkil etilgan chellenjda ishtirok etdi va o‘zining sabr-toqatli va bardoshli ekanligi sabab qizil rangli Bentley avtomobiliga ega chiqdi.

Rossiyada o‘zbekistonlik Bentley yutib oldi

Tanlovning asosiy sharti – bu Bentley᾽ga kim qo‘lini uzoq qo‘yib tura olish edi.  

O‘zbekistonlik Bentley yonidan jilmasdan 30 soat turishga muvaffaq bo‘ldi.

U o‘zining Instagram sahifasida yutib olgan mashinasi suratini joylashtirdi.

Quyidagi havola orqali chellenj qanday kechganini tomosha qilishingiz mumkin.