O‘zbek va koreys xalqlari azaldan yaqin va o‘xshash - Koreya prezidenti

Koreya prezidenti Mun Chje In O‘zbekistonga tashrifi oldidan intervyu berdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In O‘zbekistonga davlat tashrifi arafasida "Xalq so‘zi" gazetasiga intervyu berdi.

Mun Chje In o‘z intervyusida koreys xalqi o‘zbek xalqidan minnatdor ekanligini ta’kidlagan.

"O‘zbek xalqi bundan sakson yillar oldin boshpanasidan ayrilgan koreys millatiga mansub fuqarolarni o‘z bag‘riga oldi. O‘sha vaqtda O‘zbekiston va uning aholisi Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan bog‘liq murakkab davrni boshdan kechirganini yodga oladigan bo‘lsak, minnatdorlik tuyg‘usi yanada ortadi. Koreya Respublikasi mashaqqatli yillarda beminnat yordam qo‘lini cho‘zgan o‘zbek xalqiga chuqur hurmat-ehtirom va do‘stlik  tuyg‘usi bilan qaraydi, - degan Koreya rahbari.

Shundan so‘ng, u o‘zbek va koreys xalqari munosabatlarining tarixi juda uzun ekanini qayd etib, bunga qadimiy Afrosiyob qazilmalari devorida aks ettirilgan koreyalik elchilar tasvirini esga olgan.

Janubiy Koreya prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Undan tashqari Mun Chje In o‘zbek va koreys xalqlari urf odatlarida ham o‘xshashliklar ko‘pligini qayd etdi. Masalan, o‘zbeklardagi "mahalla" tushunchasi Koreyada ham borligini aytib o‘tgan. Koreya ishloq jamoalarida yo‘lga qo‘yilgan an’anaviy bir-biriga yordam berish va hamkorlik qilish faoliyati - "mail" deb atalishini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Koreya kelajakda qaysi sohalarda aloqalarni rivojlantirishi haqida berilgan savolga, Mun Chje In qangi gaz konlarini topish va elektr stansiyalari qurish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), 5G mobil aloqasining beshinchi avlod texnologiyalari, kosmik texnologiyalar, sanoatning yangi tarmoqlari, xususan, tibbiyot va bioindustriyani sanab o‘tgan.