Yilning eng yaxshi avtomobili ma’lum qilindi

Nyu Yorkda World Car of the Year 2019 tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Nyu Yorkda World Car of the Year 2019 tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Bu haqda World Car Awards xabar qilmoqda.

World Car of the Year 2019 tanlovining mutlaqo g‘olibligini Jaguar I-Pace avtomobili qo‘lga kiritdi. Mazkur avtomobil “Yil avtomobili”, “Ekologik toza avtomobil” va “Yil dizayni” nominatsiyalaridagi mukofotlarga ega chiqdi.

Yilning eng yaxshi avtomobili ma’lum qilindi

Suzukii Jimny "Shahar uchun eng yaxshi avtomobil" sifatida qayd etilgan.

Yilning eng yaxshi avtomobili ma’lum qilindi

Audi A7 "Yilning lyuks avtomobili" mukofotiga savozor deb topilgan. McLaren 72OS esa "Yilning giperkari" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Yilning eng yaxshi avtomobili ma’lum qilindi

World Car Awards – avtomobilsozlik sohasidagi xalqaro mukofot. Yilning eng yaxshi avtomobili unvoni uchun kurashayotgan avtomobillar tanlov o‘tkazilayotgan yilning 1-yanvari holatiga ko‘ra kamida 5 mamlakatda va ikki qit’ada sotilgan bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Leksus" o‘zining birinchi minivenini taqdim etgani haqida xabar bergan edik. Lexus LM lyuks miniven bo‘lib, u orqa o‘rindiqda o‘tirgan odamga misli ko‘rilmagan darajadagi qulayliklar taqdim etishi mumkin.