O‘zbekistonda tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi

“2020 yil 1-yanvardan boshlab tutingan ota-onalar Tayyorlov kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjati mavjud bo‘lgan fuqarolardan tanlanadi”, - deyilgan hujjat loyihasida.
Sputnik

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yil 1-sentabrdan boshlab tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Bu vazifa Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tayyorlangan hukumat qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Toshkentda birinchi inklyuziv bog‘cha ochildi

Hujjatga Mehribonlik uylarini noinstitutsionallashtirish dasturi hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oilaga (patronat) berilishi) qabul qilayotgan nomzod (shaxs)larni (keyingi o‘rinlarda tutingan ota-onalar deb yuritiladi) tanlash va kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

Qaror loyihasida qayd etilishicha, tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarining vazifalari:

-  tutingan ota-onalar bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;

- tutingan ota-onalarni yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash sohasidagi qonunchilik asoslari bilan tanishtirish;

Shahnoza Mirziyoyeva Nukusda bolalar uchun ixtisoslashtirilgan markazni ochdi

- tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish;

- tutingan ota-onalarni yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani tarbiyalash, parvarish qilish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, uning ijtimoiylashuvi, ta’limi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq ota-onalik salohiyatlarini shakllantirish.

“2020 yil 1-yanvardan boshlab tutingan ota-onalar Tayyorlov kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjati mavjud bo‘lgan fuqarolardan tanlanadi”, - deyilgan hujjat loyihasida.