Koreya prezidenti Toshkentda: oliy martabali mehmonni kim kutib oldi?

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. O‘zbekiston  prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

“Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi”, - deyiladi xabarda.

Koreya prezidenti Toshkentda: oliy martabali mehmonni kim kutib oldi?

Xabarda yozilishicha, bugun Koreya Respublikasi prezidenti O‘zbekiston Bosh vaziri hamrohligida Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, mamlakatlar hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan telemeditsina loyihasi taqdimoti bilan tanishadi.

O‘zbek va koreys xalqlari azaldan yaqin va o‘xshash - Koreya prezidenti

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining muzokaralari 19-aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.  

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Qayd etilishicha, imzolash uchun salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish rejalashtirilgan.