Fransiyaning Airbus kompaniyasi O‘zbekistonga "Olmaxon" nomli vertolotlarni yetkazib beradi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot-xizmati vakili so‘zlariga ko‘ra, ushbu vertolotlar kompaniya uchun emas, balki davlat darajasida xarid qilinmoqda
Sputnik

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Fransiyaning Airbus aviasozlik kompaniyasi O‘zbekistonga 34 dona vertolot yetkazib beradi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" go‘zal go‘shalarga vertolotlarda sayr qilishni taklif etmoqda

"O‘zbekiston havo yo‘llari" matbuot-xizmati vakili so‘zlariga ko‘ra, ushbu vertolotlar kompaniya uchun emas, balki davlat darajasida xarid qilinmoqda.

Toshkentda tashrif bilan bo‘lib turgan Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan-Batist Lemuan OAV vakillari bilan uchrashuvda vertolotlar modellari xususida to‘xtalgan.

Lemuanning so‘zlariga ko‘ra, gap Écureuil ("Olmaxon") haqida bormoqda. Bu vertolot baland tog‘ tizmalari va issiq iqlim sharoitiga ega hududlarda ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan. Ushbu mashinadan, ishlab chiqaruvchilar ma’lumotiga keng ko‘lamdagi masalalarni hal etish uchun ishlatiladi: xususan, yong‘inni o‘chirish, elektro‘tkazgich liniyalarini monitoring qilish, yuklarni ko‘tarish, ekinlarni dorilash va geologorazvedka singari ishlarda.