Toshkentdan Gruziya poytaxtiga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Parvozlar zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshirilishi ta’kidlangan.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi 2019-yil 16-iyuldan boshlab Toshkent- Tbilisi -Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkentga ikkinchi Airbus —A320nyeo yetib keldi

Xabarda yozilishicha, ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi:

Seshanba: HY-745 Toshkent 15:50 - Tbilisi 18:30

Seshanba: HY-746 Tbilisi 19:30 - Toshkent 23:50

Juma: HY-745 Toshkent 08:00 - Tbilisi 10:40

Juma: HY-746 Tbilisi 11:40 - Toshkent 16:00

Parvozlar zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshirilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi  Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga ikkinchi Airbus — A320-251neo samolyoti olib kelingani haqida xabar qilgan edik. Airbus — A320-251neo samolyoti – fransuz kompaniyasining eng yangi samolyoti bo‘lib, u 150 yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan. Samolyot nomidagi “Neo” abbreviaturasi  “New Engine Option”, ya’ni “yangi dvigatel bilan jihozlangan” ma’nosini anglatadi.