Toshkent IIBB "O‘lmas polk" marshi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini tushuntirdi

Bugungi kunda IIBB matbuot-xizmati hokimiyat tomonidan "O‘lmas polk" aksiyasiga, shu jumladan ko‘chalarda o‘tkaziladigan marshlarga ham ruxsat berilganidan xabardor emas.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Toshkent IIBB OAV vakillariga shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda "O‘lmas polk" aksiyasi o‘tkazilishida ko‘maklashadi, degan mazmundagi xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab murojaat qildi.

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga yangi medal va pul mukofoti sovg‘a qilinadi

"Toshkent IIBB o‘tkaziladigan barcha bayramlarda tasdiqlangan rejaga muvofiq boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda jamoatchilik tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydi. Xususan, Yangi yil, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro‘z bayramlarida shunday bo‘lgan edi", - deyiladi xabarda.

Xabarga muvofiq, O‘zbekistonda9 may sanasida nishonlanadigan xotira va qadrlash kuni rasmiy bayram sanaladi, va bu kunda IIBB shaxsiy tarkibi butun shahar bo‘ylab xizmat olib boradi. Shu jumladan, gulchambar qo‘yish tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda, xususan, "Mangu olov" va "Shahidlar qabristoni"da ham.

"Hurmatli OAV xodimlari, uchinchi shaxslardan ma’lumot olganingizda xabarni Toshkent IIBB matbuot-xizmatida aniqlashtirib olishingizni iltimos qilamiz", - deb murojaat qilgan OAVga IIBB.

Bugungi kunda IIBB matbuot-xizmati hokimiyat tomonidan "O‘lmas polk" aksiyasiga, shu jumladan ko‘chalarda o‘tkaziladigan marshlarga ham ruxsat berilganidan xabardor emas.

"15 aprel kuni o‘tkazilgan sayyor qabulda, qabulga "shaxsiy savol" bilan yozilgan toshkentlik Timur Ismoilov, qabul davomida shaxsiy savol o‘rniga ushbu aksiya bo‘yicha qiziqqan va yuqoridagi xabarda keltirilgan javobni olgan", - deb qo‘shimcha qilgan IIBB matbuot-xizmati.

Belarusda ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lgan o‘zbeklar haqida kitob chop etiladi

17 aprel kuni Adliya vazirligi o‘zining telegrammdagi sahifasida ko‘cha yurishlari, mitinglar o‘tkazish uchun qonunchilikda qanday jazo choralari ko‘zda tutilganini yana bir bor eslatib o‘tdi.

"Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud o‘tkazish tartibini buzish o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Agarda harakat tashkilotchisi aynan shu kabi harakatlar uchun ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, unda ushbu shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunda maksimal jinoiy jazo sifatida 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Bundan tashqari, ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar qatnashchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari, ko‘paytiradigan va boshqa xil texnik uskunalar, transport)ni berish yoki shunday tadbirlarni o‘tkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratish fuqarolarga 20 mln 273 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 30 mln 409 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin", - deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

"O‘lmas polk" - "Bessmertniy polk" — Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari xotirasini saqlab qolish maqsadida o‘tkaziladigan xalqaro fuqarolik-vatanparvarlik harakatidir. Yurish ishtirokchilari har yili G‘alaba kunida o‘z qarindoshlarining suratlarini ko‘targan holda kolonna bo‘lib ko‘chalardan o‘tadilar.