Davsuvinspeksiya xodimlarini rag‘batlantirish tartibiga doir qaror loyihasi tayyorlandi

Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Statistik hisobotlarni taqdim etish tartibini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Ushbu qaror bilan Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, qaror loyihasiga ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish manbalari qo‘yidagilar belgilanadi:

- suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qo‘llangan jarimalardan ajratmalar;

Milliy gvardiya xodimlarining xizmat o‘tash tartibiga doir qaror loyihasi tayyorlandi

- jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezedentlaridan xayriya mablag‘lari;

- vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;

- qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa daromadlar.

“Jamg‘arma mablag‘lari Davsuvinspeksiyaning shaxsiy g‘azna hisob varaqlarida jamlanib, mablag‘lar qoldig‘i va daromadlar tushumiga ko‘ra, belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi”, - deyilgan hujjat loyihasida.