TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Yangi tug‘ilgan chaqaloq - Karan O‘zchivitga O‘zbekistonda yangi turar-joy qurilishi bilan shug‘ullanuvchi developerlik kompaniyasi Toshkentdan uy sovg‘a qildi. Bu haqda Rusturkey.com Turkiya OAVlariga asosan xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Sevgi iztirobi” seriali orqali tomoshabinlarga tanish turk aktori Burak O‘zchivit farzandli bo‘ldi.
Burak O‘zchivitning rafiqasi Faxrie Evdjen o‘g‘il farzand ko‘rgan.
Bolakayga Karan deb ism qo‘yishgan. Tug‘ilgan vaqtida uning og‘irligi 3,67 kilo, bo‘yi esa 52 smni tashkil qilgan.
Xabarga ko‘ra, Burak O‘zchivit o‘g‘li nomidan sovg‘ani mamnunlik bilan qabul qilgan.