Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p: Saida Mirziyoyeva yangi ish joyi haqida

“Yangi jamoa, mutaxassislar bilan tanishdim, oldimizga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdik”, – deb yozgan Saida Mirziyoyeva.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Facebookdagi rasmiy sahifasida yangi lavozimdagi birinchi ish kuni taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Saida Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor o‘rinbosari bo‘ldi

"Bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi birinchi ish kunim. Yangi jamoa, mutaxassislar bilan tanishdim, oldimizga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdik.

Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Muammolar ham yetarlicha. Ularni hal qilish tinimsiz mehnat talab etadi. Zimmamizdagi bu vazifalarni Agentlikning kuchli jamoasi bilan birgalikda va hamjihatlikda uddalaymiz, deb ishonaman", — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.